BIZNING MAQSADLARIMIZ

  • Biz har bir ishda xavfsizlikka rioya qilamiz.
  • Biz mijozlarimiz ishonchini qozona oluvchi jahon darajasidagi dvigatellarni ishlab chiqaramiz.
  • Biz ishlab chiqarish jarayonlari va metodlarini doimiy ravishda takomillashtiramiz.
  • Biz innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, mahalliylashtirishni kengaytirish va xarajatlarni optimallashtirish orqali avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga o'z hissamizni qo'shamiz.
  • Biz atrof-muhitga salbiy ta'sir va energiya sarfini kamaytiramiz.

 

 

BIZNING QADRIYATLARIMIZ

 

Mijoz

Mijoz biz uchun eng muhim ahamiyatga ega. Biz ularning ehtiyojlariga diqqat bilan quloq solamiz. Bizning ishimiz asosida xafvsizlik va sifat turadi va biz ulardan hech qachon voz kechmaymiz.

Yuqori standartlar

Hallolik va vijdonlilik hamma harakatlarimizning asosidir. Ixtirochilik va innovatsiya bizni harakatlantiruvchi kuchdir. Biz qiyinchiliklar haqida ochiq gapiramiz. Kompaniyaning maqsadlariga erishish uchun har birimiz mas’ulmiz.

O’zaro munosabatlar

Bizning muvaffaqiyatlarimiz kompaniya ichidagi va undan tashqaridagi o’zaro munosabatlarimizga bog’liq. Mijozlarning bizga bo’lgan sadoqatini oshirish maqsadida turli xil fikrlash va har tamonlama hamkorlikni rag’batlantiramiz.