UzAvto Motors Powertrain kompaniyasiga nomzodlarni tanlash tanlov asosida amalga oshiriladi va ular o'z rezyumelarini taqdim etadigan pozitsiyaning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq.

Xodimlarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

Rezyumelarni qabul qilish va tanlash.

Birinchi bosqichda kompaniyamizning xodimlari bo'lishni istagan barcha nomzodlar o'z rezyumelarini to'g'ridan-to'g'ri kadrlar bo'limi yoki veb-sayt orqali yuborishlari kerak bo`ladi. Barcha nomzodlardan eng istiqbolli va kasb uchun belgilangan talablarga javob beradigani  tanlanadi.

 

Telefon orqali suhbat.

Dastlabki tanlovdan o'tgan nomzodlar bilan xodimlar xizmati departamentining mas'ul xodimi nomzodlar xaqida ma`lumot to`plash uchun telefon orqali suhbat o'tkazadi. Dastlabki tanlov va telefon orqali suhbatdan o'tgan nomzodlar baholash markaziga taklif qilinadi.

 

Baholash markazi.

Baholash markazi —xodimlarning kasbiy va shaxsiy fazilatlarini baholashga qaratilgan metodlardan foydalanishga asoslangan xodimlarni kompleks baholashning eng muhim usullaridan biridir.

Ushbu bosqichda kompitensiyalarni baholashning asosiy usullari:

  • Texnik baholash: test, individual mashqlar, guruh mashqlari.

* Bilim,qobiliyat va  ko'nikmalarini baholash: onlayn sinov.

Ushbu bosqichda yuqori natijani ko'rsatgan, korporativ talablar va kasb talablariga javob beradigan nomzodlar  – yakuniy suhbatga taklif etiladi.

 

Suhbat.

Ushbu bosqichdan asosiy maqsad nomzod haqida batafsil ma'lumot olish, belgilangan kasbga layoqatliligini aniqlash va  nomzodaga u ko`rilayotgan lavozimning vazifalari, tashkilotning korporativ madaniyati va suxbatdan yaxshi o`tgan taqdirda uning kelajakdagi jamoasi haqida ko'proq ma'lumot olish imkoniyatini berishdir.

 

Baxolash va suxbatlardan muvaffaqiyatli o`tgan nomzod tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi so`ng ish haqi, imtiyozlar shuningdek bonuslar haqida ma`lumot beriladi