UzAuto Motors Powertrain zavodida Women’s Boardning bu yilgi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihaning maqsadi tajriba almashish, ochiq muloqot qilish va manfaatlarni yoqlash orqali zavodda ayollarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy farovonligini qo‘llab-quvvatlashdir.

Biz ayollar uchun xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga intilamiz. Istiqbolda - mazkur loyihani nafaqat UzAuto Motors Powertrain korxonasida, balki mamlakatimizdagi barcha avtomobilsozlik korxonalarida ham amalga oshirishdir.

Women’s Board loyihasi tufayli UzAuto Motors Powertrain zavodi O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ayollar uchun eng yaxshi ish beruvchilardan biriga aylanishga yana bir qadam yaqinlashadi.

Zero, zavodimizda har bir xohlovchini avtomashina bilan ta’minlash uchun o‘z vaqtlari, kuchlari va ko‘p yillik tajribalarini bag‘ishlayotgan tirishqoq, zukko, iste’dodli va mehribon ayollar mehnat qilmoqdalar.